AquaLife - katalogimizdagi eng ommabop maishiy osmos: katta baksiz oqimli tizim, oshxona ostidagi istalgan shkafga sig'adi va toza suvni kutmasdan beradi.

Suratlarda - Toshkent kvartiralarida uchta yangi o'rnatish: klassik oshxona, zamonaviy kulrang garnitur va tosh stolli oshxona. Hammasida montaj bir soat atrofida: sovuq suvga ulash, ichimlik kranini o'rnatish, sozlash va yuvish.

Ichida - oldindan tozalash, oqimli membrana va ko'mirli postfiltr, korpusda TDS displey: suv sifati real vaqtda ko'rinadi. Elektr sarfi minimal, kanalizatsiyaga oqava ozoda ulangan.

AquaLife 5-6 kishilik oilaga mos. O'rnatish bilan narxi - so'rov bo'yicha, kartrijlar doim Usta Shirindagi omborimizda bor.
Muhandis suvni bepul tahlil qiladi, uskuna tanlaydi va kalit topshirish montajini hisoblaydi.