Water System montaj brigadasi butun Toshkent bo'ylab kuniga bir necha maishiy tizim o'rnatadi. Suratlarda bitta grafikdan uchta manzil: har xil oshxonalar, har xil tizimlar, bir xil ozoda natija.

Standart montajga kiradi: mo'yka yoki stolga toza suv kranini o'rnatish, kranli troynik orqali sovuq suvga ulash, konsentratni sifonga chiqarish, tizimni o'rnatish va yuvish.

Asbob va sarflanuvchilar o'zimizniki: tosh va zanglamas uchun burg'ular, fitinglar, JG trubka. Montajdan keyin hammasini bosim ostida tekshirib, yo'riqnoma qoldiramiz: kartrijlarni qachon almashtirish va vaqti kelganini qanday bilish.

Toshkent bo'ylab chiqish va montaj - murojaat kuni yoki ertasiga. Bizdan xarid qilinganda montaj narxga kiradi. Qo'ng'iroq qiling: +998 99 114-33-03.
Muhandis suvni bepul tahlil qiladi, uskuna tanlaydi va kalit topshirish montajini hisoblaydi.